English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistraturaga o‘qishga kirish bo‘yicha arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati beriladi
12:18 / 2023-08-09

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan. Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.  

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.  

Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmagani sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA