Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistrantlar anjumani
22:30 / 2021-05-26

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida magistrantlarning «San’at – yoshlar nigohida» nomli an’anaviy ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning bugungi san’at haqidagi qarashlari va ilmiy tahlillariga bag‘ishlangan mazkur konferensiyada institut rektori N.Sayfullayev Prezidentimizning  “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari sohada yangi tarixiy davrni boshlab berganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda badiiy ijodning barcha yo‘nalishlari, ayniqsa, nafis san’at sohasida yoshlar o‘z bilim va iqtidorini namoyish etishi uchun zarur sharoit yaratilgani e’tiborga molik .  

Ilmiy anjumanda magistrantlarning  «O‘zbekiston hududida badiiy kulolchilik san’atining rivojlanishi», «Markaziy Osiyoda haykaltaroshlikning yangi tendensiyalari», «Miniatyura san’atining an’anaviy va zamonaviy ashyolari» va boshqa bir qator mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Har bir ma’ruza mutaxassislar tomonidan tahlil etilib, qatnashchilarga ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar berildi.

Konferensiyada magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 113 nafar magistr tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik, muzeyshunoslik sohasidagi bugungi zamonaviy badiiy jarayonlar, madaniy me’rosni saqlab qolish, mazkur san’at yo‘nalishlarining rivojli yo‘lida olib borilayotgan izlanish va muammolarga bag‘ishlangan maqolalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga sertifikat berildi.

N.Usmonova, O‘zA