MAGATE: Zaporoje AES yaqinida jangovar harakat qayta boshlandi
MAGATE bosh direktori Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, agentlik mutaxassislari Zaporoje atom elektr stansiyasi yaqinida jangovar harakat qayta tiklanganini qayd etishgan.
- Zavodda bo‘lgan MAGATE xodimlari so‘nggi kunlarda harbiy harakat alomati sezilgani, ovozlar korxonaga juda yaqin joydan kelganini xabar qilishdi, - dedi mulozim. - Shu kunlarda jamoamiz vakillari portlash va otishmani taxminan 20 marta, ba’zan yanada ko‘proq eshitgan.
S.Rahimov, O‘zA