MAGATE: ZAES atrofida xavfsizlik zonasi yaratish zarur
Zaporoje AES atrofida xavfsizlik zonasini yaratish rejasi yadroviy avariyaning oldini olishga yordam beradi.
Bu haqda MAGATE saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.
“Reja Yevropadagi eng yirik AES atrofidagi ziddiyatning barham topishiga ko‘maklashadi”.
MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi “ZAES atrofida xavfsizlik zonasini yaratish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar oldinga siljimoqda, bu kelishuvga erishish va bunday muhim chorani tezkorlik bilan amalga oshirish zarur”, deb bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AES ziddiyatning “olovli chizig‘ida” joylashgani sababli, ob’ekt hududidagi vaziyat “o‘ta beqaror va potensial xavfli bo‘lib qolmoqda”.
Grossi MAGATEning Rossiya va Ukraina tomonlari bilan mazkur masala bo‘yicha maslahatlashuvlar yaqin kelajakda ham davom ettirilishiga ishonch bildirdi.
O‘zA