Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MAGATE rahbari Kiyev va Moskvaga tashrif buyuradi
18:05 / 2024-01-26

MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi yaqin 10 kun ichida Zaporoje atom elektr stansiyasiga, shuningdek Kiyev va Moskvaga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda mulozimning o‘zi BMT Xavfsizlik kengashining Zaporoje AESdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot delegatsiyasi navbatdagi, 16-rotatsiyani o‘tkazmoqchi.

“Men Rossiya tomondan stansiya rahbariyati bilan gaplashaman va o‘tgan yozda Kaxovka to‘g‘oni vayron qilinganidan keyingi suv muammosi qanday hal etilayotganini ko‘raman”, dedi Grossi.

Mulozim “o‘sha voqea majmuaning Dneprdan suv olish qobiliyatiga ta’sir qilgani”ni eslagan. Hozir suv olish uchun stansiya perimetri atrofidagi quduqlar burg‘ulanmoqda.

Bosh direktor AESda reaktorlarni sovutish uchun zarur bo‘lgan tashqi quvvat yo‘qolishi muammosi muntazam ravishda yuzaga kelayotganini ham ta’kidlagan.