Eronda yadroviy dastur amalga oshirilishi jarayonini harbiy yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmaydi, dedi MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi Polshadagi “Rzeczpospolita” haftalik nashriga bergan intervyusida.
– Eron jiddiy iqtisodiyot, kuchli sanoat salohiyati va texnik imkoniyatga ega yirik davlat, – degan u. – Bu omillarni harbiy bosim bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Ular har doim nimanidir yashira oladi. Shu bois muammoni hech qachon kuch bilan hal qilolmaymiz. Aksincha, maqsadga faqat barcha asosiy masalalarni qamrab oladigan kelishuv orqaligina erishish mumkin. Birinchi navbatda o‘ta qat’iy nazorat tizimi zarur.
Mulozim eslatishicha, MAGATE Islom davlatining yadro quroliga egaligi bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emas:
– 12 kunlik urush oldidan tayyorlagan hisobotda Eron yadroviy dastur bilan bog‘liq ko‘plab harakatlari haqida xabar bermayotganini ta’kidlagandik. Binobarin, eronliklar “allaqachon yadro quroliga ega ekanligi haqida ishonchli dalillarga ham ega emasmiz. Agentlikda mavjud ma’lumotga ko‘ra, Eron hali yadroviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan texnologiya manipulyatsiyasi amaliyotini boshlamagan. Masalan, boyitilgan uranni metallga aylantirish jarayoni. Ikkinchidan, kabi juda murakkab, bir vaqtning o‘zida yadroviy kallakka sig‘adigan darajada kichik o‘t oldirish tizimi majmuasini yaratish kerak. Shuning uchun ham yadro raketalari yaratgan davlatlar doim o‘z maxsus sinovini o‘tkazadi.
Bir jurnalist “Germaniya bir necha oy ichida o‘z yadro qurolini yarata oladimi?” deya savol berdi. Grossi ushbu savolga shunday javob berdi:
– Germaniyada zarur texnologiya va yadroviy material mavjud. GFR bu ishni qanday qilishni ham biladi, lekin bu fikrlar faqat faraz va taxmin. Yevropaning barcha davlatlari yadro quroliga ega bo‘ladigan dunyo falokatga giriftor!
S.Rahimov, O‘zA