Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maftunkor Pokiston”
16:54 / 2023-08-09

Toshkent Fotosuratlar uyida “Maftunkor Pokiston” nomli fotoko‘rgazma ochildi. Fotoko‘rgazma ushbu mamlakat mustaqilligining 76-yilligini nishonlash munosabati bilan SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Pokiston elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan fotosuratlar tomoshabinlarni  Pokiston, uning qadimiy tarixi, boy madaniyati, noyob me’morchiligi, gavjum shaharlari va go‘zal go‘shalari bo‘ylab sayohatga chorlaydi.    

Ushbu mamlakatning tarixiy merosi Markaziy Osiyo bilan uzviy bog‘liq. Umuman olganda, ko‘rgazma Pokiston davlatining boy merosi va an’analari bilan tanishishga chaqiradi.  

N. Usmonova, O‘zA.