Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduroning qulashiga pul tikkanlar anchagina pul ishlab oldi
14:09 / 2026-01-08

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning hokimiyatdan chetlatilishi e’lon qilinishi arafasida bashorat bozorida behisob pul aylangani shubha-gumonlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda VVS xabar bergan.

Maqolada gap AQSH maxfiy amaliyoti oldindan ma’lum bo‘lgani haqida ketayotgani ta’kidlangan. Nashr yozishicha, kriptoga asoslangan “Polymarket” platformasida bir ismi noma’lum foydalanuvchi Maduroning yanvar oxirigacha hokimiyatdan ketishiga pul tikib, 32 000 dollar evaziga qariyb 436 000 dollar foyda ko‘rdi. Shubhali jihati, ushbu “akkaunt” platformaga yaqinda qo‘shilgan va faqat Venesuela bilan bog‘liq garovga qo‘shilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 2 yanvar kuni 6,5 foizga baholangan Maduroning qulashi ehtimoli bir necha soat ichida keskin oshgan. Bunday o‘sish Donald Tramp qo‘lga olish jarayoni haqida xabar berishidan biroz oldin kuzatilgan.

“Kuchli bashorat”ni kim aytgani noma’lum. Mutaxassislar ayni holatda ichki axborotdan foydalanilganini istisno qilmayapti. Yana bir necha foydalanuvchi ham katta daromad olgani qayd etilgan.

Mazkur voqea AQSH qonunchilari e’tiborini tortdi. Kongressda maxfiy ma’lumotga ega davlat xizmatchilari bashorat bozoriga pul tikishini taqiqlash tashabbusi ilgari surildi.

Umuman, so‘nggi yillarda shu turdagi biznes AQSHda tez ommalashdi. Fond bozoridan farqli o‘laroq, bu soha hanuz qat’iy tartibga solinmagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA