Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduroni o‘g‘irlash paytida noma’lum akustik quroldan foydalanilgani taxmin qilinmoqda
18:51 / 2026-01-12

“New York Post” gazetasi yozishicha, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlash payti AQSH maxsus kuchlari xavfsizlik xodimlarini zararsizlantirish uchun noma’lum akustik quroldan foydalangan. Manba ushbu ma’lumotni tarqatishda ijtimoiy tarmoqda chop etilgan sobiq venesuelalik harbiy bilan intervyuga asoslangan.

Zobitning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar qo‘riqchilarga nisbatan kuchli bosh aylanishi, burundan qon oqishiga olib keladigan vositadan foydalangan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Pentagonda mitti to‘lqin yoki lazer nuri kabi nishonga maxsus energiya bilan ta’sir qiluvchi texnologiya mavjud. Tabiiyki, hozircha amaliyot chog‘i bunday usullardan foydalanilgani haqida rasmiy tasdiq yo‘q.

S.Rahimov, O‘zA