Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduroni himoya qilgan 32 kubalik fuqaro halok bo‘lgani ma’lum qilindi
15:35 / 2026-01-05

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish amaliyoti davomida 32 nafar kubalik jangovar xodim harbiy harakat yoki havo hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda "Granma" gazetasida chop etilgan Kuba hukumati bayonotida aytilgan.

- Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan 2026 yil 3 yanvar kuni erta tong qardosh Venesuela Bolivar Respublikasiga qarshi amalga oshirilgan jinoiy hujum natijasida Janubiy Amerika mamlakatining tegishli idoralari iltimosiga binoan Inqilobiy qurolli kuchlar va Ichki ishlar vazirligi nomidan missiyani bajarish payti 32 kubalik halok bo‘ldi, - deyilgan xabarda.

Hukumat marhumlar “o‘z burchini qahramonlik bilan bajargani, hujumchilarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangda yoki nishon to‘pga tutilgan payt jiddiy qarshilik ko‘rsatgani"ni ta’kidlagan.

Rasmiy Gavana qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, “ular sharaf bilan dafn qilinishi uchun tegishli sa’y-harakat” tashkil etilishiga va’da berdi. Prezident Migel Dias-Kanel Kubada ikki kunlik milliy motam e’lon qildi.

S.Rahimov, O‘zA