Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduro Tramp uni oʻldirishga buyruq berganini aytdi
14:26 / 2019-01-30

“Donald Tramp Kolumbiya hukumatiga, Kolumbiya mafiyasiga meni oʻldirishni buyurganiga shubha yoʻq.


“Donald Tramp Kolumbiya hukumatiga, Kolumbiya mafiyasiga meni oʻldirishni buyurganiga shubha yoʻq. Agar men bilan biror korhol roʻy bersa, Donald Tramp va Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke barcha javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi”, degan Maduro RIA Novostiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Maduro taqdiri Yaratganning ixtiyorida ekanini, uni Venesuela xalqi va razvedka xizmati himoya qilayotganini taʼkidlagan.

Bir marotaba Maduroning hayotiga suiqasd uyushitirilgan edi. Bu oʻtgan yilning avgustida Karakasda boʻlib oʻtayotgan paradlar vaqtida sodir boʻlgandi. Maduro oʻrin olgan tribunaga portlovchi qurilma oʻrnatilgan tanasiz jism hujum qilgan edi.

Oʻshanda ham Venesuela yetakchisi Vashingtonni ushbu suiqasd tashkilotchilarini qoʻllashda ayblagandi.