Maduro parlament saylovlarini oʻtkazishni taklif qildi
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning tarafdorlari va muxoliflari ishtirokidagi namoyishlar ushbu Janubiy Amerika mamlakatining bir necha hududlarida boʻlib oʻtdi
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning tarafdorlari va muxoliflari ishtirokidagi namoyishlar ushbu Janubiy Amerika mamlakatining bir necha hududlarida boʻlib oʻtdi. Avvalroq oʻzini davlat rahbari vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qilgan muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Karakasda hukumatga qarshi namoyish ishtirokchilariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqida TASS xabar bermoqda.
Siyosatshunosning aytishicha, norozilik namoyishlari “odamlar erkinlikka ega boʻlmagunlariga” qadar davom etadi. Bu vaqtda Maduro Venesuela poytaxtining yana bir tumanida murojaat bilan chiqqan va muddatdan avvalgi parlament saylovlarini oʻtkazishni taklif qilgan.
Soʻnggi kunlarda, muddatdan avvalgi saylovlarni oʻtkazish talabi Venesuela hukumatiga nafaqat muxolifat tomonidan, balki qator Yevropa va Lotin Amerikasi davlatlari tomonidan ham ilgari surildi. Biroq, bu yangi prezidentning saylanishiga oid talab edi, parlament saylovi haqida emas. 10 yanvar kuni prezidentlikka qayta saylangan Maduro, bu yondashuvga qoʻshilmadi. “Qasos chorasi” sifatida esa u respublikaning muxolifat nazoratida boʻlgan va Guaydoni yetakchi sifatida tan olgan parlament - Milliy Assambleyaga saylovlarni oʻtkazishni taklif qildi.