Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduro parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qilsa iste’fo berishini ma’lum qildi
17:26 / 2020-12-02

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda o‘tadigan parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba erishsa o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

"Agar g‘alaba qilsak, biz olg‘a intilishda davom etamiz, lekin shuni ham aytishim lozimki, taqdirim sizlarning qo‘lingizda, agar muxolifat g‘alaba qozonsa, men iste’fo beraman, taqdirim Venesuela xalqining qo‘lida", – dedi Maduro davlat televideniyesi orqali xalqqa murojaatida.

Venesuelaning bir palatali parlamenti bo‘lmish Milliy assambleyaga saylovlar 6 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Unda 107 ta siyosiy partiya va birlashma ishtirok etadi. Parlamentning sobiq spikeri Xuan Guaido ishtirokidagi muxolifatchilar blogi saylovda ishtirok etmasligini e’lon qilgan.

Venesuelada 2019 yil yanvar oyida prezident Maduroga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangandi. O‘shanda Milliy assambleya spikeri Guaido o‘zini mamlakat rahbari deb e’lon qildi. AQSH rahbarligidagi bir qator g‘arb davlatlari Guaidoni prezident sifatida tan oldi. O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlar Maduroni qonuniy prezident sifatida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

 

O‘zA