Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maduro Nyu-York sudida ayblovlarni rad etdi
16:06 / 2026-01-06

Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Venesuela sobiq rahbari Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi, deb yozmoqda “DW” nashri. Navbatdagi sud eshituvi 17 mart kuniga belgilangan, ushbu vaqtga qadar ular hibsda qoladi.

Xabarga ko‘ra, Maduro sudda o‘zini aybsiz deb hisoblab, hali ham Venesuela prezidenti ekanini ta’kidladi. U bayonotida o‘zini harbiy asir sifatida baholagan. Siliya Flores ham sudda o‘zini mamlakatning birinchi xonimi deb tanishtirib, ayblovlarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Qo‘shma Shtatlarning maxsus operatsiyasi doirasida Nikolas Maduro va Siliya Flores Venesuelada qo‘lga olingan. Keyinchalik ular AQSHning Guantanamo bazasi orqali Nyu-Yorkka olib kelingan. Maduroga narkoterrorizm, qurol saqlash va diplomatik pasportlardan noqonuniy foydalanish kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar operatsiyasidan so‘ng Venesuelada muvaqqat davlat rahbari etib vitse-prezident Delsi Rodriges tayinlangan. 

D.Hakimov, O‘zA