Maduro ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi ertaga bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
Rasmiylarning ta’kidlashicha, Nikolas Maduroning Manxetten federal sudida birinchi sud majlisi dushanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
“The Guardian” gazetasi yozishicha, yaqinda AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan ayblov xulosasida Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro AQSHga minglab tonna kokain olib kirgan yirik giyohvand moddalar savdosi operatsiyasi bilan qo‘zg‘atilgan "korrupsiyalashgan, noqonuniy hukumat"ni boshqarishda ayblanmoqda.
Kecha Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni olib ketayotgan samolyot Nyu-Yorkka qo‘ndi. Ayni paytda Maduro mazkur shaharhibsxonasida saqlanayotgani taxmin qilinmoqda.
G.Sattorova, O‘zA