Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madridda yuz bergan portlashda qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi
20:12 / 2021-01-21

Madrid markazidagi cherkovga qarashli binoda kuchli portlash yuz berdi. Ayni damda ushbu hodisa qurbonlari soni to‘rt kishiga yetgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar orasida mazkur cherkovning ruhoniysi ham bor, deb xabar berdi Madrid arxiyeparxiyasi ertalab.

Avval xabar qilinganidek, o‘tgan chorshanba kuni Madrid markazida, ruhoniy istiqomat qiladigan binoda kuchli portlash yuz bergan. Bino yonida kollej va qariyalar uyi ham joylashgan ekan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, binoda gaz portlagan. Chunki, uyda gaz qozoni ta’mirlanayotgan bo‘lgan.

"Bundan avvalroq uch kishi halok bo‘lgani va 11 kishi jarohat olgani tasdiqlangani aytilgan edi. Bugun kasalxonada 36 yoshli ruhoniy Ruben Peres Ayala vafot etdi. U kecha qattiq jarohat olib kasalxonaga keltirilgan edi", - deyiladi arxiyeparxiya saytida e’lon qilingan bayonotda.

O‘zA