Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madrid uch ispaniyalik deputatning Turkiyadan chiqarib yuborilgani uchun norozilik bildirdi
09:45 / 2023-05-17

Ispaniya hukumati Qirollikning 10 nafar fuqarosini, jumladan, prezidentlik va parlament saylovlarini kuzatish uchun kelgan uch deputatni parlamentariyni tutib turgani va mamlakatdan chiqarib yuborgani uchun Turkiya hukumatiga norozilik bildirgan. Bu ma’lumotni “TASS” muxbiriga Ispaniya diplomatik manbalari tasdiqlagan.

Ularga ko‘ra, nota Turkiyadagi elchixona orqali yuborilgan.

“Europa Press” agentligining xabar berishicha, Ispaniya hukumati dushanba kuni mamlakatdan chiqarib yuborilgan 10 kishining “asossiz va tushuntirishlarsiz” hibsga olingani sababli Turkiyadan noroziligini  bildirgan.

“Fuqarolarning ushlangani to‘g‘risidagi xabar e’lon qilinganidan boshlab Ispaniyaning Turkiyadagi elchixonasi jabrlanuvchilari va Turkiya rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan”, degan diplomatik manbalar.

O‘zA