Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madrasaga 20 million 700 ming so‘mlik kitob va doskalar topshirildi
11:46 / 2023-03-16

“Vaqf” fondi tomonidan Andijondagi “Sayyid Muhyiddin mahdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtiga kitob va boshqa xayriya sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudiri Alijon qori Fayzulloh Mahdum o‘g‘li Andijondagi “Sayyid Muhyiddin mahdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘ldi. Alijon qori hazratlari bilim yurti faoliyati, dars jarayonlari, mudarris va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

[gallery-11007]

Alijon qori hazratlari, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimov, madrasa ustoz va talabalari, ilm ahillari ishtirokida "Andijon bu – Qur’on markazi” mavzusida ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishi, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni, haj, umra ziyoratlarini bekamu ko‘st ado etishi, shuningdek, diniy idoralar, ta’lim muassasalarining erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi ta’kidlandi.    

Islom dini hamisha ezgulik dini bo‘lib qolishi, talabalar puxta bilim olib, ana shu ezgulik yo‘lida aytoydil xizmat qilishi muhim ekanligi, diniy soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda “Sayyid Muhyiddin mahdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining alohida o‘rni borligi qayd etildi.  

Shundan so‘ng Alijon qori  hazratlari “Vaqf” fondi tomonidan  xayriya sifatida taqdim etilgan  3 million 700 ming so‘mlik kitoblar, 17 million so‘mlik aqlli doskalarni bilim yurtiga topshirdi.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (foto),  

O‘zA