Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madina «Eng yosh olim – 2021» xalqaro tanlovi g‘olibi
11:28 / 2021-05-24

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti uchinchi bosqich talabasi Madina Samatboyeva Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Eng yosh olim – 2021» nufuzli xalqaro tanlovida oltin medal sohibi bo‘ldi.

Xalqaro tanlovda MDH davlatlaridan 200 nafardan ortiq iqtidorli talaba ishtirok etdi.

— Mazkur xalqaro tanlovda g‘oliblikka da’vogarlar ko‘p edi, – deydi Madina. – Ularning barchasini ushbu mukofotga loyiq, deb hisoblayman. Ingliz, rus va qozoq tillarida qabul qilingan ilmiy maqolalar yuqori toifali ilm sohiblari tomonidan tekshirildi va munosiblar e’tirof etildi. Tanlovda xorijiy tillarni bilish ham inobatga olindi. Ilm bu – murakkab yo‘ldir. Ustozim, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov aytganlaridek, «Eng muhimi, ilm yo‘lida yangi qadam bosishdan, yangi fikrni – o‘z fikringni aytishdan qo‘rqma. Ilm bu – sening hayoting». Men yangi maqola ustida ishlaganimda, kitob varaqlay boshlaganimda birinchi bo‘lib ustozimning shu gaplarini eslayman. Bu esa menga o‘zgacha kuch bag‘ishlaydi.

Shu kunga qadar M.Samatboyevaning 40 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida e’lon qilingan, xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Madina xalqaro doirada tashkil etilgan 10 dan ortiq loyihalar ishtirokchisi. AQSHda chop etilgan xalqaro ijodkor yoshlar to‘plamidan uning ham ijod namunalari joy olgan.

 

D.Mamatova, O‘zA