Ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo bitimlari tuzishni nazarda tutgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi hamkorlik istiqbolini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlarining virtual taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi hamda Kanadaning Yevroosiyo va Rossiyadagi ishbilarmonlik assotsiatsiyasi Milliy direktorlar kengashi hamkorligida tashkil etildi. Amerika va Kanada bozoriga eksportbop mahsulotlar va o‘zbek brendlarini ilgari surishga qaratilgan tadbirda AQSH va Kanadaning 100ga yaqin yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonning eksport va investitsiya salohiyati namoyish etildi. O‘zbekiston tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari, ekspertlar Amerika va Kanada ishtirokchilarini to‘qimachilik, charm-poyabzal, vino ishlab chiqarish sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va hunarmandlik bo‘yicha sifatli, eksportbop mahsulotlarning keng turi bilan tanishtirdi.

Ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo bitimlari tuzishni nazarda tutgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi hamkorlik istiqbolini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ma’lumot uchun: joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo aylanmasi 259,3 million dollarni, Kanada bilan esa – 141,1 million dollarni tashkil etdi. Ayni payt O‘zbekistonda Amerika kapitali ishtirokidagi 266ta korxona va Kanada investitsiyasi ishtirokidagi 40ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zA