Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ishtirok etdi
11:20 / 2021-03-14

Poytaxtimizdagi texnoparkda 11-12 mart kunlari sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur zamonaviy majmua davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Ko‘rgazmaga 24 ta tarmoq va 14 hududda ishlab chiqarilayotgan mingdan ortiq mahsulotlar qo‘yilgan. “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) ham o‘z ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi.

O‘zMMI o‘lchash turlari bo‘yicha yagona va ishonchli o‘lchashlarni ta’minlaydi. Ko‘rgazmada metrologiyaning tarixi va buguni, shuningdek, istiqboldagi rejalar aks ettirildi. 2021 yil davomida CIPM MRA, ILAC MRA xalqaro kalibrlash sertifikatlari, BelGIM (Belarus), TUBITAK UME (Turkiya), Minerva Metrology and Calibration (Gollandiya), BYK Instruments (Germaniya), KazInMetr (Qozog‘iston) metrologiya tashkilotlari bilan hamkorlik doirasidagi amaliy ishlar namoyish etildi.

O‘zMMI birgina 10 ta laboratoriyalari orqali ushbu yilda 58 ta o‘lchash vositalari guruhlari bo‘yicha kalibrovka ishlari, xalqaro tan olingan og‘irlik, bosim va harorat yo‘nalishlari bo‘yicha metrologik xizmatlar eksportini taklif etmoqda.

Ko‘rgazmada institut 23 ta yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari, jumladan analitik tarozi va toshlar, ampermetr, multimetr, na’munaviy manometr, ionizatsion kamera va diozimetrlar, shtrixli, ultratovush va elektr sig‘im o‘lchovlari, kalibratorlar, dinamometr, pH-metrlar, infraqizil termometr, plotnomer, vibrostendlari bilan ishtirok etdi.