O‘zbekiston va Malayziya madaniyati o‘xshash. Musiqa san’atidagi hamkorligimiz turli qo‘shma loyihalar doirasida yanada rivojlanmoqda. Masalan, ikki mamlakat elchixonalari tashabbusi bilan turli shaharlarda madaniy tadbirlar tashkil etgani, konsert dasturlari ko‘paygani fikrlarimizning yaqqol dalilidir.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, xonanda, katta o‘ituvchi Mamlakat Ulasheva malay tilida qo‘shiqlar yozib, ijod faoliyati davomida Malayziyadagi turli xalqaro forumlarda qatnashgan, jumladan “Tugu budaya ethnic Sabah 2019” kabi dunyoga mashhur festivallarda jonli ijroda qo‘shiq kuylagani g‘urur bag‘ishlaydi.
Navbatdagi videolavhada vatandoshimiz Mamlakat Ulasheva haqida so‘z boradi. Suhbatimiz davomida qahramonimiz Malayziyada o‘zbek milliy musiqasini keng targ‘ib qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek malaylar madaniyati va hayoti xususida tomoshabinga qiziq bo‘lgan faktlarni gapirib berdi.
Materialni batafsil videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sCz20Dxqnl4" title="Madaniyati va sanʼati oʻzbegimga oʻxshash Malayziya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Asliddin Alijonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA