Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat vazirligi xodimlari Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirdi
09:50 / 2024-03-05

Madaniyat va san’at sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Madaniyat vazirligining markaziy apparati boshqaruv xodimlari uchun 56 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kurs mavzu bo‘yicha muhokama hamda vebinar, suhbat – mini-ma’ruza shaklida, trening – aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, case-study, bahs-munozara va boshqa interfaol usullarda tashkil etildi.  

Kurs davomida tinglovchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimidagi ma’muriy tartib-taomillar, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati, odob-axloq qoidalari, inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlariga oid bilimlari yanada kengaydi.  

Shu bilan birga, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar va davlat siyosatini shakllantirish mexanizmlari, davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”)ni joriy etish istiqbollari, boshqaruvda tizimli tahlil va qaror qabul qilishning zamonaviy usullari, davlat xizmatchilarida liderlik va professional moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish va shu kabi boshqa bir qator mavzulardagi bilimlari mustahkamlandi.  

Bir hafta davom etgan mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarning kursni qay darajada o‘zlashtirishi monitoring qilindi.  

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov yakuniy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirib, ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursida olingan bilim, ko‘nikma va malaka ishni to‘g‘ri tashkil etish va samarali faoliyat yuritishda asqatishiga ishonch bildirdi.  

N.Usmonova, O‘zA