Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat vazirligi “Istiqlol” san’at saroyi hududidagi konsert dasturida qizil bayroq ko‘tariganligi holati yuzasidan munosabat bildirdi
11:58 / 2021-05-04

Ma’lumki, 1 may kuni “Istiqlol” san’at saroyi hududida “Xor turetskogo i soprano” jamoasi tomonidan “G‘alaba qo‘shiqlari” kuylanib, konsert dasturi namoyish etilgan edi.

Ushbu konsertda ayrim tomoshabinlarning qizil bayroq ko‘targani holati ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur vaziyatga Madaniyat vazirligi o‘z munosabatini bildirdi.

- “Mixail Turetskiy musiqa xoldingi tomonidan 2018-2019 yillar davomida 14 ta davlatda konsert dasturlari namoyishi o‘tkazilgan. 2020 yilda ham pandemiyaga qaramay, Yevropaning 13 ta davlatida konsert dasturlari tashkil etilgan.  

Shuningdek, joriy yilning 30 aprel kuni Dushanbe hamda 2 may kuni Bishkek shaharlarida ham xalqlar va millatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik, madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadiga yo‘naltirilgan musiqiy dasturlarni taqdim etgan.

Madaniyat vazirligi ushbu konsert dasturining O‘zbekistonda o‘tkazilishida hamkor hisoblanib, faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ya’ni, ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, milliy urf-odat va an’analarga zid bo‘lmagan musiqiy dasturlar taqdim etilishini nazorat qilib, namoyishning badiiy saviyasi, yetukligiga javobgar hisoblanadi.  

Lekin bugun har birimiz milliyligimiz, tilimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz targ‘iboti yo‘lida xizmat qilar ekanmiz, buni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki o‘zimiz namuna ko‘rsatgan holda yetkazishimiz lozim deb bilamiz. Bunga shu yurtning har bir farzandini mas’ul, deb hisoblaymiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA