English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhaq” filmi haqida nima dedi?
13:04 / 2020-05-14

Jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan “Ilhaq” filmi atrofidagi fikr-mulohaza va munosabatlar hamon tingani yoʻq.


Jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan “Ilhaq” filmi atrofidagi fikr-mulohaza va munosabatlar hamon tingani yoʻq. Film haqida ijobiy fikrlar talaygina va albatta tanqidiy munosabatlar ham yoʻq emas. Aksariyat kino muxlislari shu vaqtgacha oʻzbek kinoijodkorlari urush haqida ishlagan kinolari orasida “Ilhaq”da ikkinchi jahon urushiga yangicha munosabat borligini eʼtirof etishmoqda. Yaʼni ikkinchi jahon urushida ajdodlarimiz, avvalo oila va farzandlari uchun qoʻlga qurol olganlari filmda taʼsirli darajada ochib berilgan.

Ushbu film haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham munosabat bildirdi.

“Mashʼum urush yillari oʻz vatani ozodligi, tinchligi uchun koʻksini qalqon qilgan, minglab och-yalangʻoch bolalardan burda nonini, hatto jonini ayamagan vatandoshlar avlodimiz. Demak, “tojdor” virusdek koʻrinmas yov bilan kurashishga ham qudratimiz yetadi.

Kun kelib mana shu kahramonliklar haqida ham kuchli filmlar yaratilishi, ularda ham qalbga yaqinlik, milliy ruh ufurib turishi shubhasiz. Zero, bu kabi badiiy filmlar oʻzbek xalqining bemisl jasorati, matonati shu bilan birga olijanob xislatlarini koʻrsatib berishda muhim qadam boʻlajak. Ana shu jihati bilan ham “Ilhaq”dek filmlar odamlar qalbidan mustahkam oʻrin oladi”, deydi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.