O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ICESCOning Bokudagi mintaqaviy vakolatxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif ICESCOga a’zo davlatlar Kavkaz va Markaziy Osiyoda madaniy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

O.Nazarbekov O‘zbekistonning ICESCO doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlarni tobora kuchaytirishga qat’iy intilishini ta’kidladi va Boku vakolatxonasining madaniy diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini yuqori baholadi.

Muhokamalar chog‘ida istiqbolli qo‘shma loyihalar – mintaqaviy seminar, ta’lim dasturlari, akademik almashinuvlar, shuningdek, turkiy va islom dunyolarining umumiy madaniy merosini raqamli saqlash bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ICESCOning Bokudagi mintaqaviy vakolatxonasi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, vakolatxonaning tashrif kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
N.Usmonova,
O‘zA