Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat vaziri jurnalistlardan muammolarni tanqid qilish va yoritish orqali hal etishni soʻradi
18:19 / 2020-02-04

Jurnalistlar jamiyatni isloh qiluvchi soha vakillari.


“Jurnalistlar jamiyatni isloh qiluvchi soha vakillari. Ular muammoli vaziyatlarni roʻyi-rost yuzaga chiqarib bersa, bizga ularni hal etish osonroq boʻladi. Kasallikni davolash uchun avval uni aniqlash lozim”, dedi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Odatda vazirliklar oʻz sohalariga tegishli boʻlgan masalalarni matbuotda “nishonga olinishi”dan, yaʼni tanqid qilinishidan qochadi. Biroq, madaniyat vaziri bu borada aksincha fikrlamoqda. Vazirlik vakillari madaniyat sohasini trendga olib chiqishda jurnalistlar va blogerlardan faollikni kutmoqda. 

“Madaniyat vazirligi xodimlari joylarga muammolarni kuzatishga borganida, avvalroq qilingan tayyorgarlik bilan kutib olinadi. Biroq, jurnalistlarda vaziyatni boricha koʻrish, oʻrganish imkoniyati bor. Shunday ekan, jurnalistlardan muammolarni koʻrsatib, iloji boricha koʻproq bu haqida yozishlarini soʻragan boʻlar edim”, dedi vazir.