Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat va sanʼat sohasida zamonaviy metodlar muhokama qilindi
15:16 / 2025-12-01

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy metodlari: yutuqlar va muammolar” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 50 dan ortiq olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar o‘zlarining madaniyat va san’at sohasiga oid dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari va maqolalari bilan ishtirok etib, sohani yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

– Yangilayotgan O‘zbekistonda zamonaviy fan va madaniyat, san’at ta’limini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor innovatsion fikrlaydigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonlarini tubdan takomillashtirishni talab etmoqda, – dedi Madaniyat ta’limi markazi bo‘lim boshlig‘i Kamoliddin Elmirov. – Shu bois, bugungi konferensiyaning o‘tkazilishi muhim ahamiyatga ega.

Konferensiya doirasida xalqaro va mahalliy olimlar ishtirokida ilmiy muhokamalar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati uyushtirildi.  

G.Boboyeva, O‘zA