Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat va san’at rivoji – ilmiy tadqiqotchilar nigohida
15:37 / 2025-10-24

FOTOREPORTAJ

Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri – bu professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirish, ularning salohiyatini yuksaltirish orqali jahon ilmiy hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hisoblanadi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tomonidan tashkil etilgan «Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasining rivojlanish tendensiyalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ushbu masala ham atroflicha muhokama qilindi.  

Unda yurtimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tatariston davlatlaridan kelgan professor-o‘qituvchilar, san’at sohasi ilmiy tadqiqotchilari ilmiy ma’ruzalarini ishtirokchilarga taqdim etdi.   

[gallery-25903]

Konferensiya ishida teatrni rivojlantirishda rejissyor va aktyorlarning badiiy mahoratini o‘rganish, madaniyat, bibliografiya va ijtimoiy-gumanitar sohadagi yangi bosqichlar va kreativ g‘oyalar, folklor- etnografik asarlarning milliy musiqa san’atidagi o‘rni va rivojlanish yo‘llari, dramaturgiyaning ilmiy va ijodiy jihatlari, ekran san’atida yangi texnika va ijodiy bosqichlar bo‘yicha tajriba almashish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida aniq rejalar belgilab olindi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA