English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat – muloqot ko‘prigi
09:43 / 2024-10-13

"QNA" axborot agentligi "Madaniyat vaziri O‘zbekistonda Qatar madaniyat haftaligining ochilishida ishtirok etdi" sarlavhali maqola e’lon qildi.

– Mazkur anjuman O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida Qatar merosi va madaniyatini targ‘ib qilish hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuv ko‘lamini kengaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda, - deb yozgan nashr.       

Vazirning madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari doktor G‘anim bin Muborak Al-Ali ta’kidlashicha, tadbir qator do‘st mamlakatlarda o‘tkazilayotgan haftaliklardan biri hisoblanadi.  

Mas’ullar madaniyat har doim muloqot ko‘prigi bo‘lib kelgani, xalqlarimizni yanada jipslashtirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Marosimda Qatar filarmoniyasi orkestri tomonidan mumtoz musiqa, an’anaviy va zamonaviy san’at namunalarini uyg‘unlashtirgan ud triosi, shuningdek mohir ijodkor Mansur Al-Mohannadiy asarlari taqdim etildi.

“Tashkent City Park” majmuasida ushbu arab mamlakati madaniy merosining asl durdonalari va milliy me’morchilik yutuqlaridan so‘zlaydigan binolar ramzi, an’anaviy hunarmandlik va kemasozlik, an’anaviy kiyim-kechak, she’riyat uyi, lochinchilik va mashhur taomlar aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi. Maydon markazida namoyish etilgan Qatarning yana bir noyob merosi -  folklor dengiz san’ati –  Arda chiqishlari va qo‘shiqlari hammaga manzur bo‘ldi.

Madaniyat haftaligi dasturiga Doha kino instituti tomonidan  turizm va avia kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan filmlar ham kiritilgan.

Муҳаррама Pirmatova, O‘zA