French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat maskani foydalanishga topshirildi
16:02 / 2025-12-11

Jizzax viloyatining Baxmal tumani markazi — O‘smat shaharchasida zamonaviy imkoniyatlarga ega Madaniyat markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Yangi maskanda konsert-tomosha zali, kutubxona, kinozal va turli to‘garaklar faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Markaz qisqa muddatda ta’mirlanib, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan holga keltirildi. Bino sahna jihozlari, yoritish va ovoz kuchaytirish tizimlari, shuningdek, raqs, qo‘shiqchilik, musiqa va hunarmandchilik yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan to‘garak xonalari bilan ta’minlandi.

Ochilish marosimida tuman hokimligi va turli tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari, madaniyat va san’at xodimlari  yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida mahalliy hunarmandlarning ishlari va adabiyotga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar ham namoyish qilindi.

Yangi binoda tashkil etilgan ramziy lenta qirqish marosimi tuman ahlining katta mamnuniyat bilan kutib olgan voqealardan biri bo‘ldi.

Markazning ishga tushirilishi aholi uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirib, yoshlarning ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.  

Shuningdek, bu yerda konsertlar, ko‘rgazmalar va badiiy to‘garaklar uchun qulay sharoit yaratilgani madaniy hayotning yanada jonlanishiga zamin bo‘ladi.

Tantanadan so‘ng, madaniyat va san’at ustalari hamda bolalar badiiy jamoasi ishtirokida rang-barang konsert dasturi namoyish etildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari