Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat markazi aholi xizmatida
18:28 / 2023-04-10

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Uchqo‘rg‘on mahallasi hududida kapital ta’mirlangan madaniyat markazi foydalanishga taopshirildi.

Yillar davomida qarovsiz turgan markaz binosi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021 yilda ta’mirlash rejasiga kiritilgan edi. Uchqo‘rg‘on, Shirinbuloq, Zamondosh mahallalaridagi 22 mingdan ziyod aholiga xizmat qiladigan ushbu joy 3 milliard 658 million so‘mlik bunyodkorlik ishlari natijasida ko‘rkam va muhtasham maskanga aylandi. Yangi ko‘rinish kasb etgan markazda bugun 300 o‘rinli tomoshalar zali, 10 dan ortiq mashg‘ulot xonalari mavjud bo‘lib, 180 million so‘mlik musiqa asboblari bilan jihozlandi. Endilikda madaniyat koshonasida ham aholi, ham yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida tizimli ishlar olib boriladi.

Yangi madaniyat muassasasining tantanali ochilish marosimida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov, Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov ishtirok etdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA