Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Madaniyat karvoni» yo‘lda
17:20 / 2021-05-21

Madaniyat vazirligining «Madaniyat karvoni» shiori ostidagi Toshkent-Orol Rallisi yo‘lga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Turizm va sport, Ichki ishlar vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan karvon Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomon yo‘naltirildi.

«Madaniyat karvoni» 21 maydan 28 mayga qadar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Nukus, Mo‘ynoq, Orol, Chimbay ko‘li, Aydar ko‘l kabi manzillarda bo‘ladi. Rang-barang dasturlar o‘rin egallagan mazkur loyiha doirasida xalqaro brendlarning «Etno Orol» nomli fotosessiya jarayonlari ham tashkil etiladi.

«Madaniyat karvoni»ni Nukus shahriga kuzatish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda olimlar, san’atkorlar, ziyolilar ishtirok etdi.

Bir haftalik ma’rifiy tadbirda odamlarning turmush tarzini o‘rganish, ularga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash, suhbatda bo‘lish, motivatsiya ulashish ko‘zda tutilgan. Hududlardagi har bir tadbirda vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirok etadi. Muammolar o‘rganiladi. Madaniy tadbirlar, konsert va badiiy chiqishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.