Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat bo‘limlariga avtomashinalar berildi
13:17 / 2023-12-30

Yangi yil bayrami arafasida Andijon viloyatining qator tumanlari madaniyat bo‘limlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  qarori ijrosi doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Baliqchi, Izboskan, Paxtaobod tumanlari madaniyat bo‘limlariga “Damas” xizmat avtomashinalari berilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov keyingi yillarda mamlakatimizda madaniyat sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  

–Xizmat mashinalari biz uchun yangi yil bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi, – deydi Paxtaobod tumani madaniyat bo‘limi rahbari Adolatxon Rahmonova. – Madaniyat sohasiga berilayotgan e’tibor uchun, avvalo, Yurtboshimizga rahmat. Ishonamanki, ushbu transport vositasi faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

Ma’lumot uchun: joriy yil bahor oyida viloyatning ikkita tumani madaniyat bo‘limiga mana shunday avtomashinalar topshirilgan edi. Mutasaddilarning aytishicha, tuman madaniyat bo‘limlarini xizmat mashinalari bilan ta’minlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi.  

 

F.  Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari