Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy merosni asrashda xalqaro hamkorlik
10:23 / 2021-06-12

Bebaho tarixiy obidalarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Madaniy meros agentligida xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijlik restavratorlar, madaniy merosni saqlash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bir qancha yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.

Madaniy meros agentligida Italiyaning “ASSORESTAURO” assotsiatsiyasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda madaniyat vaziri o‘rinbosari, Madaniy meros agentligi direktori Kamola Akilova, Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostina Pinna, “ASSORESTAURO” assotsiatsiyasining prezidenti Alessandro Botsetti ishtirok etdi.

Rasmiy uchrashuvda Kamola Akilova O‘zbekiston-Italiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tarixiy me’morchilik o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligini aytdi.

Italiyada tarixiy inshootlarning saqlanishi va asrab kelinishi tahsinga sazovorligini qayd etdi.

Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostina Pinna O‘zbekiston va, ayniqsa, Samarqand sehrli diyor sifatida dunyoga mashhur ekanligini, italiyalik shaharsoz mutaxassislarning tashrifidan ko‘zlangan maqsad Samarqanddagi o‘rta asrlarga oid bo‘lgan madaniy yodgorliklarni o‘rganish ekanligini bildirdi.

Mutaxassislarning fikricha, Italiya davlatining yillik moliya byudjetidagi mablag‘ning 15 foizi restavratsiya ishlariga sarflanadi.

Assotsiatsiya Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Eron kabi davlatlarda restavratsiya va regeneratsiya ishlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

“ASSORESTAURO” assotsiatsiyasi vakillarining xizmat safari dasturida Samarqand shahridagi madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish rejalashtirilgan.

N.Usmonova, O‘zA