Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazgan shaxslar javobgarlikka tortildi
16:10 / 2023-02-24

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni muhofaza qilish, ushbu maskanlarda qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, shlakoblok ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari A.U. 2019 yilda hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida, Nurafshon shahridagi «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligi hududining 30 sotix yer maydonini o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan.

2020-2021 yillar davomida u mazkur yer maydonida shlakoblok ishlab chiqarishi va bu uchun kerak bo‘ladigan inshootlarni qurishi oqibatida madaniy meros ob’ektiga 306 mln. 720 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. 

Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmiga asosan A.U. Jinoyat Kodeksining 132 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 2018 yilda Qibray tumanidagi «Qilichli ota» ziyoratgohida qayta ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga 355 mln. 473 ming so‘m miqdorida byudjet mablag‘i ajratilgan.

Biroq, MCHJ rahbari N.H. bajarilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ish hajmini qo‘shib yozish orqali 263 mln. 286 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudining hukmiga asosan N.H. Jinoyat Kodeksining 167 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

O‘zA