English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros ob’ektlari muhofazasi kuchaytiriladi
09:53 / 2023-08-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga  bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Jumladan, chiqindi to‘plash hamda ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalari moddiymadaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.

Madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylarini binolar fasadining transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.

Moddiymadaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlariga shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida ular joylashgan hududlarga besh tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli transport vositalarining kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur qaror mamlakatimizda turizm xizmatlarini jadal rivojlantirish, ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash, ziyorat turizmi va ichki turizm imkoniyatlarini kengroq ishga solish, shuningdek, madaniy meros ob’ektlari muhofazasini yanada kuchaytirish imkonini beradi.

                                                                                                         O‘zA