Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros haftaligi Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida oʻtadi
19:30 / 2019-08-19

Joriy yilning 22-27-avgust kunlari Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Joriy yilning 22-27-avgust kunlari Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun nufuzli tadbirga qizgʻin tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Vatanimiz tarixi va uning boy madaniy merosini yanada keng targʻib qilish va uni munosib namoyish qilish boʻyicha qator ishlar bajarilmoqda. 

Haftalik doirasida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida “Kushon imperiyasining xazinalari“ koʻrgazmasini tashkil etiladi. Unda I asr oʻrtalariga oid tamaddun beshigi – Kushon imperiyasiga oid noyob asarlar namoyish etiladi, akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan 1972-yilda Dalvarzintepa yodgorligidan topilgan afsonaviy Kushon xazinasi ham taqdim etiladi.

– Xalqaro konferensiya va madaniy meros haftaligi oʻtkazilishi uchun munosib joylar tanlangan, – deydi YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Fuad Pashayev. – Birgina Samarqand, nafaqat mamlakatingizda, balki butun dunyoda oʻz tarixi va qadimiyligi bilan ajralib turadi. Xalqaro ahamiyatga molik haftalikda xalqaro tashkilot vakillari, nufuzli universitet olimlari va ekspertlar ishtirok etishi uning yuqori saviyada tashkil etilgani va Oʻzbekiston madaniy merosiga dunyo hamjamiyatining alohida eʼtibor bilan qarashidan dalolat.

Samarqand shahrida esa tarix gavdalanadi – Sohibqiron Amir Temurning “Bogʻi shamol” bogʻida anʼanaviy Sharq bozori tashkil etiladi. Unda oʻzbek milliy liboslari koʻrgazmalari, tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar taqdirlanadi. 

Termizda esa “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi. Unda nufuzli olimlar, ekspertlar va mahalliy mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonning kartografiyalangan arxeologik yodgorliklari – zamonaviy ilm-fanining dolzarb masalalari, qadimiy Baqtriya davlatining arxeologik va tarixiy geografiyasi, Baqtriya i Parfiya merganlari, qadimgi Sirdaryo havzasidagi migratsiya, Bronza asrida Markaziy Osiyo hududida Ipak yoʻlining rivoj topishi, metallurgiya va boshqa mavzularda maʼruzalar tinglanishi koʻzda tutilgan.