English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros haftaligi doirasida xalqaro anjuman
09:11 / 2024-10-25

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessansning innovatsion kutubxonasi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Tadbir yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi doirasida tashkil etildi.  

Tadbirda madaniy meros haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xalqaro muloqot va o‘zaro bilim almashishni mustahkamlash, xorijlik hamkorlar bilan yangi qo‘shma loyihalarni tasdiqlash orqali mamlakatimiz madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirishdan iboratligi ta’kidlandi.  

Tadbir doirasida O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan noyob ekspozitsiyalar ko‘gazmasi tashkil etildi.  

Ular foydalanuvchilarni islomgacha bo‘lgan davrdan boshlab Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davrigacha bo‘lgan davrlarga oid madaniy meros bilan tanishtiradi.  

Xalqaro anjuman ishtirokchilari «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan axborot-kutubxona sohasi rivojlanish jarayonlari, Tojikiston Respublikasi fondlarida saqlanayotgan O‘zbekiston bilan bog‘liq qo‘lyozmalarning elektron bazasini yaratish, Eron Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xonasi, Rossiya davlat kutubxonasi tajribasi misolida “Kitob yodgorliklari” loyihasi xususida batafsil so‘z yuritdi.  

Shu bilan birga, Shanxay san’at muzeyi fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalar ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston kutubxonalari bilan hamkorlik tajribasi, madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishning modulli axborot tizimi, kutubxonalarni modernizatsiya qilish strategiyasi, kutubxonalar, muzeylar va arxivlarda sun’iy intellekt va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarini qo‘llashga oid ma’ruzalar tinglandi.  

Qatar Milliy kutubxonasida raqamli madaniy merosdan uzoq muddatli ochiq foydalanish imkoniyati, madaniyat sohasidagi raqamli loyihalarda qiymat zanjirlarini yaratish, festivallar va tanlovlar orqali kutubxonalar ishiga yangi formatlarni joriy etish, zamonaviy sharoitda kutubxona fondlarini shakllantirishga doir taqdimotlar qilindi.  

Tadbir doirasida “Yosh restavratorlar maktabi”, “Muzey eksponatlari konservatsiya va restavratsiyasi” bo‘yicha o‘quv kurslari, “Ajdodlar ilmiy merosi” o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  

“Qog‘ozdan sun’iy intellektgacha” ko‘rgazmasi taqdim etildi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasining nodir fondini raqamlashtirish bo‘yicha ma’lumot berildi.  

N.Usmonova,

O‘zA