Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy diplomatiya yo‘lida yangi bosqich
14:03 / 2025-04-04

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” yangi formatini yaratish tashabbusini ilgari surgan edi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosiy strategiyasiga to‘liq mos keladi va mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Mamlakatimizning mintaqaviy siyosati, asosan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorligini faollashtirishga qaratilgan. 2019 yil Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan yangi strategik yondashuvni qabul qildi. Yangi strategiya o‘z navbatida mintaqada yuzaga kelayotgan imkoniyatlar ahamiyatini yanada oshirdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar xalqaro aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy taraqqiyot uchun  muhim ahamiyat kasb etayotir.  Jumladan, Yevropa Ittifoqi ham O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va fuqarolar hayotini yaxshilashga katta e’tibor qaratmoqda. 2018 yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston  o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi. 2022 yilning iyul oyida yangi bitim imzolandi. Shuningdek, 2021 yil 10 aprelda Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga “GSP+” maqomini berdi. Bu  iqtisodiy va savdo imkoniyatlarini  yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbarining Fransiya, Germaniya va Italiyaga tashriflari, shuningdek, Yevropa yetakchilarining mamlakatimizga tashriflari ham ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamladi.

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Ko‘p yillik indikativ dasturni ishga tushirdi. Bu  raqamlashtirish, yashil iqtisodiyot, energiya samaradorligi va suvdan foydalanish kabi sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi. Madaniy almashuvlar, jumladan, Luvr va Berlindagi Yangi muzeylar bilan hamkorlik, O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro maydonda namoyish etishga xizmat qilmoqda.

“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti ham ikki mintaqani bir-biriga yaqindan bog‘lash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, madaniyat va san’at sohalarida amalga oshirilayotgan tadbirlar xalqlar o‘rtasida hamkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.  

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda Yevropaning mashhur bastakor va sozandalari – Luis Gimenez Amoros (Ispaniya), Rugare Muchineripi Musakavanhu (Angliya), Antonio Prats Garsia (Ispaniya) ishtirokida mahorat darslari, qo‘shma konsert dasturlari tashkil etildi. Bu nafaqat musiqiy almashuv, balki madaniyatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. Yevropalik bastakorlarga O‘zbekistonning betakror maqom san’ati katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, Germaniyaning Kyoln universiteti professori, mashhur bastakor Luis Gimenez Amoros maqom san’ati, baxshichilik, dostonchilikni o‘rganishini, maqom san’ati inson ruhiyatiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Delegatsiya tashrifi O‘zbekiston musiqa san’ati va madaniyatini xalqaro miqyosda kengroq tanitish, shuningdek, Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar madaniyatlararo aloqalarni kuchaytirish, musiqiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va madaniy sohalarda o‘zaro manfaatlarga asoslangan yondashuvni ta’minlab, Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshiradi.

Sammitning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi markaziy rolini mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eldor Shermanov,

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori

O‘zA