Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muloqot
18:57 / 2025-10-23

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurib, mazkur oliy ta’lim dargohi rektori, professor Kamoliddin O‘rinboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, Fransiyada faoliyat olib borayotgan sohaga doir oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini tobora rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va bu borada tajriba almashish, shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli loyiha va festivallarni yuksak saviyada davom ettirish, uning yangi istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.

Elchi Ualid Fuk janoblari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O‘rinboyevga elchixona bilan hamkorlikda joriy yilning aprel oyida tashkil etilgan Fransiya musiqa festivalini yuksak badiiy saviyada tashkil etilishida tashabbuslari va samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, bu kabi loyihalarni davom ettirish yuzasidan o‘zining fikrlarini aytdi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk konservatoriyada tahsil olayotgan talabalarning ijodi va talabalar xor jamoasining chiqishlarini tinglab, ushbu oliy ta’lim dargohidagi musiqa cholg‘ulari muzeyi bilan tanishdi.

N.Usmonova, O‘zA