Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’dan qazib olish hajmi oshmoqda
09:37 / 2025-10-14

Uchquduqdan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan “Hojibo‘g‘ot” kareri – Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Dovg‘iztov” koni tarkibidagi istiqbolli konlardan biridir.

Bugungi kunda ikki yuz nafardan ortiq ishchi-xodim faoliyat olib borayotgan mazkur karerda tog‘ jinslarini qazish va tashish ishlari Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Qoqpatas va Dovg‘iztov oltin konlarida ma’dan qazib olish 3-navbati” investitsion loyihasi doirasida bajarilmoqda.

 – Karerda konchilik ishlarini o‘z vaqtida bajarish uchun burg‘ilash uskunalari, ekskavatorlar, avtoag‘dargichlar kabi zamonaviy konchilik texnikalaridan keng foydalanilmoqda, – deydi “Dovg‘istov koni boshlig‘i Obidjon Shononov. – O‘tgan yilda 9 million kub metrdan ortiq tog‘ jinslari qazib olingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni qariyb 13 million kub metrga yetkazish rejalashtirilgan. Qazib olinayotgan oltin tarkibli ma’dan temir yo‘l orqali 3- va 5-gidrometallurgiya zavodlariga qayta ishlash uchun yetkazilyapti.

Vaxta usulida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga karer hududida yashash uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularga 110 o‘rinli yotoqxona va 50 o‘rinli zamonaviy jihozlangan oshxona xizmat ko‘rsatmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA