Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’dan qayta ishlash quvvati oshirilmoqda
14:48 / 2025-02-01

3-gidrometallurgiya zavodida “Kokpatas va Dovg‘iztov oltin konlarida ma’dan qazib olish (3-navbati)” loyihasi doirasida Bioksidlash sexining (BIOX) ma’danni qayta ishlash quvvatini oshirish va kengaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida yangi 9- va 10-biooksidlash modullari ishga tushirildi.

Tadbirda Shimoliy kon boshqarmasi rahbariyati, korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida investitsion loyihalarni amalga oshirish bosqichma-bosqich davom etmoqda. Jumladan, “Kokpatas va Dovg‘iztov oltin konlarida ma’dan qazib olish (3-navbati)” loyihasi ana shunday yirik va istiqbolli loyihalardan biridir.

– Ushbu investitsion loyiha doirasida zavodda ishga tushirilgan 9- va 10-biooksidlash modullari hisobiga amaldagi 48 ta bioreaktorga qo‘shimcha tarzda 12 ta bioreaktor qo‘shildi, – deydi Bioksidlash sexi boshlig‘i Bobur Eshpo‘latov. – Natijada sulfid konsentratlari ishlab chiqarish hajmi 25 foizga, tayyor mahsulot hajmi esa 12 foizga oshadi. O‘z navbatida sexda 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri