Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madagaskarda muvaqqat prezident qasamyod qiladi
20:40 / 2025-10-16

Madagaskar hukumati harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatni boshqarayotgan polkovnik Maykl Randrianirina juma kuni muvaqqat davlat rahbari sifatida qasamyod qilishini bildirdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Oliy Konstitutsiyaviy sud binosida bo‘lib o‘tadigan marosimda Randrianirina rasman “o‘tish davri prezidenti” lavozimini egallaydi. Ushbu tadbir muvaqqat konstitutsiyaviy deklaratsiyada nazarda tutilgan “milliy tiklanish jarayoni”ning boshlanishi sifatida qayd etilgan.

Mamlakat rahbarligiga tayinlangan harbiy mulozim o‘tish davrida jamoat tartibini tiklash, yangi konstitutsiya ishlab chiqish va saylov o‘tkazishga va’da berdi. Shundan so‘ng hokimiyat fuqarolik hukumatiga o‘tadi.

Madagaskardagi ommaviy norozilik elektr va suv ta’minotidagi uzilish tufayli sentyabr oyi oxirida boshlanib, tez orada hukumatga qarshi namoyishga aylandi. To‘qnashuv chog‘i 22 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odam yaralandi. Ayrim harbiy xizmatchilar xalq bilan birdamlik izhor etishi hukmron tuzilma ichidagi kelishmovchilikni yanada kuchaytirdi.

RFI radiosi axborotida Prezident Andri Rajoelina Fransiya Qurolli kuchlariga tegishli samolyotda mamlakatni tark etgani aytilgan.

14 oktyabr kuni Rajoelina Milliy Assambleya tarqatilishini e’lon qildi. Parlament esa tezda navbatdan tashqari sessiyaga yig‘ilib, uni lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi.

Bir necha hafta davom etgan olomon noroziligidan so‘ng polkovnik Maykl Randrianirina qo‘mondonligi ostidagi harbiylar prezident saroyiga kirib, hokimiyat egallangani, Konstitutsiya amaliyoti to‘xtab turishini e’lon qildi.

Harbiy qo‘mita Milliy Assambleyadan tashqari barcha davlat muassasalari faoliyati vaqtincha cheklanishi to‘g‘risida qaror chiqardi.

M.Pirmatova, O‘zA