Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mablag‘larning maqsadli sarflanishi va aholi bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi
15:57 / 2021-05-24

Guliston shahrida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi huzuridagi mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi – 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ushbu doimiy komissiyaga a’zo bo‘lgan viloyat Kengashi deputatlari va mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uni viloyat Kengashi deputati, mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, senator Ulug‘bek Sotiboldiyev olib bordi.

Yig‘ilishda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Rahimovning axborotini tingladi.

Viloyat bandlik boshqarmasi boshlig‘i M.Muhammadiyev davlatimiz rahbarining joriy yil 28 apreldagi «2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Kalanov viloyatda yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi to‘g‘risidagi va Prezidentimizning 2020 yil 1 maydagi «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan «1 iyun – Xalqaro bolalar kuni» va «Qurbon hayit» bayrami munosabati bilan ajratilgan mablag‘larning yo‘naltirilishi xususida ma’lumot berildi.

Yig‘ilishida bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi huzuridagi mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 

 

A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA