Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mablag‘ o‘tkazish bepul amalga oshiriladi
15:17 / 2016-02-29

Joriy yil 1-martdan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarida jismoniy shaxslarning plastik kartochkasidagi mablag‘ni boshqa bir jismoniy shaxsning kartochkasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

Joriy yil 1-martdan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarida jismoniy shaxslarning plastik kartochkasidagi mablag‘ni boshqa bir jismoniy shaxsning kartochkasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

Milliy matbuot markazida “Asaka” bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu kabi qator yangilik va imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.

Plastik kartochkalar orqali savdo va xizmat ko‘rsatish tizimi tobora takomillashayotgani aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 19-apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

“Asaka” bank tomonidan 1,5 milliondan ziyod plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan. 2015-yilda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga 10 ming 300 ta to‘lov terminali o‘rnatilgan.

Plastik kartochkalar vositasida yangi xizmat turlari joriy etilmoqda, mijozlar bilan muomala qilish imkoniyati kengaymoqda. Bu yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham qo‘l kelmoqda. Tadbirkorlar o‘zlarining ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlar sotib olish, xizmat safari xarajatlarini to‘lashda tezkor hisob-kitoblarni shu usulda amalga oshirmoqda.

Matbuot anjumanida mijozlarga so‘m plastik kartochkalari orqali xizmat ko‘rsatishda bank va nobank kredit tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik, pul mablag‘lari aylanishida elektron hamyonning qulayliklari haqida so‘z yuritildi.