Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviy yuksalish maskani
15:07 / 2015-03-31

Nukus shahridagi 17-umumta’lim maktabida yoshlarning zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


Nukus shahridagi 17-umumta’lim maktabida yoshlarning zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Qariyb ming nafar o‘quvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida saboq olayotgan ta’lim maskani zarur o‘quv qurollari va ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Axborot-resurs markazi darsliklar, ijtimoiy-iqtisodiy, badiiy adabiyotlar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar jamlangan 15 ming 700 dan ziyod kitob fondiga ega. Muntazam o‘tkaziladigan “Adabiyot kunlari” doirasida tashkil etilayotgan “Eng yaxshi kitobxon”, “Bir bolaga – uch kitob” deb nomlangan tanlov va ma’rifiy tadbirlarda o‘quvchilar faol ishtirok etadi.