Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lyuks plus servis” ning xaridorgir mahsulotlari
15:27 / 2014-08-06

Namangan shahridagi “Lyuks plus servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining zamonaviy bichimdagi kostyum, kurtka va paltolari iste’mol bozorida allaqachon o‘z xaridorini topib ulgurgan.

Namangan shahridagi “Lyuks plus servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining zamonaviy bichimdagi kostyum, kurtka va paltolari iste’mol bozorida allaqachon o‘z xaridorini topib ulgurgan.

Amalga oshirilgan keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng ishlab chiqarish hajmi besh barobar o‘sib, ishchi-xizmatchilar soni 120 nafarga yetdi. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Ichki bozorda mustahkam o‘rin egallagan korxona o‘z mahsulotini xorijga ham chiqara boshladi.

Bugungi kunda “Vakkoni” tovar belgisi ostida o‘ttizdan ortiq turda mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda navbatdagi loyiha ijrosi nihoyasiga yetkazilmoqda — Vatanimiz mustaqilligining 23-yillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan yangi sexda 120 ish o‘rni yaratiladi. Keyingi yildan boshlab, shuningdek, erkaklar ko‘ylagi tayyorlash liniyasini barpo etish mo‘ljallanmoqda.