Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lyuk Besson: O‘zbekiston Prezidentining sa’y-harakatlari yosh kinoijodkorlarni qo‘llab -quvvatlashga qaratilgan
10:20 / 2021-10-03

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda jahonga mashhur rejissyor Lyuk Besson O‘zbekistonda yoshlarning kino iste’dodini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha fikr bildirdi.

– O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda, - dedi Lyuk Besson.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan "Kino 5 kunda" yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlarni  Lyuk Besson topshirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Kino 5 kunda" tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf -odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.

 

D.Mamatova,

O‘zA