Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lyudmila Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi
13:33 / 2023-08-01

Hindistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining -59 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida yurtimiz sharafini Lyudmila Elefteriadi munosib himoya qildi.

U dast ko‘tarish mashqida 79 kg bilan Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarish mashqida esa 98 kg bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.  

Shu tariqa Lyudmila ikkikurash natijasiga ko‘ra, 177 kg natija bilan oltin medal bilan taqdirlandi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri